Amerikalik mashhur aktrisa Skarlett Yoxansson uning ismi va rasmini reklama litsenziyasisiz ishlatadigan dasturni sudga berdi. Bu haqda "Variety" nashri ma’lum qildi.
Gap shundaki, tasvir yaratish ilovasida sun’iy intellekt (SI) orqali 22 soniyalik reklama ishlangan va unda soxta kadrlar yaratish uchun Yoxanssonning haqiqiy suratlaridan foydalanilgan. Ammo aktrisadan buning uchun ruxsat olinmagan. Shundan so‘ng rolik X ijtimoiy tarmog‘iga joylangan.
Video Marvel kompaniyasining “Qora beva” filmidan olingan. Uning ostiga esa “Tasvir Lisa sun’iy intellekti tomonidan yaratilgan. Ularning bu odamga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb yozib qo‘yilgan. Ammo Skarlett o‘z huquqini talab qilishga qaror qildi.
“Biz buni shunchaki qabul qilmaymiz. Ushbu vaziyatda muammoni huquqiy yo‘l bilan hal qilamiz”, deydi aktrisaning advokati Kevin Yorn.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu norozilikdan so‘ng video tarmoqdan o‘chirilgan.
Yoxansson SI tomonidan bunday huquqbuzarlikka uchragan yagona san’atkor emas. O‘tgan oyda amerikalik yana bir mashhur aktyor Tom Xenks ham Instagram orqali o‘zining sun’iy intellekt yordamida yaratilgan surati mavjud reklama sababli muxlislarini ogohlantirgandi.
Ma’lumot uchun, Skarlett Yoxansson Amerikaning eng kassabop aktrisalaridan biri. Xususan, u 2018 va 2019 yillarda dunyoning eng ko‘p gonorar oluvchi aktrisasi, deb topilgan. "Time" jurnali esa 2021 yilda uni dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb yozgan. Yoxanssonning filmlari butun dunyo bo‘ylab 14,3 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirdi.
Tasodifiy xabarlar
Leonardo Di Kaprioning “Titanik” filmida kiygan kiyimi auksionga qo‘yildi
1929-2022 yillarda "Oskar" mukofotini olgan aktyorlar.
Yangilangan "Garri Potter" filmini ko'ramiz!
"Sherlok" serialining davomi suratga olinadimi?
"Qirolichaning yurishi" seriali yulduzi turmushga chiqdi (Foto)
"Oskar" ga loyiq ko'rilmagan eng mashhur yulduzlar