“Amazon Prime Video” striming servisi “God of War” franshizasi asosida serial suratga oladi. Filmga “Vaqt halqasi” teleseriali bilan kino tomoshabinlariga yaxshi tanish boʻlgan Reyf Jadkins prodyuserlik qilishi kutilmoqda.
Ssenariy ustida Mark Fergus va Xouk Ostbi ish olib boryapti. Serial syujeti, aktyorlar tarkibi va suratga olish ishlari qachon boshlanishi haqida aniq maʼlumotlar berilganicha yoʻq.
Maʼlumot uchun, “God of War” – qadimgi yunon va skandinav mifologiyasiga asoslangan oʻyinlar seriyasi boʻlib, undagi bosh qahramon spartalik jangchi Kratos hisoblanadi. Serialni suratga olish masalasida “Amazon Studios” striming servisi rahbariyati “Sony Picture Television” va “PlayStation Productions” bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Tasodifiy xabarlar
"Ajal o'yini" seriali ikkinchi fasl Treyleri!
“Avatar 6 ” va "Avatar 7" filmlari uchun g'oyalar deyarli tayyor
"Yulduzlar jangi" seriali yangi fasl qismlarini ko'ramizmi?
Formula 1 F1 filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
"Men Grutman" multseriali 2 - mavsumi fasli treyleri
200 mln dollardan kop budjet bilan ham foyda keltira olmagan filmlar