Yozuvchi Stefeni Mayer asari asosida ishlangan va millionlab tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan “Sumerki” franshizasi syujeti asosida serial suratga olinishi ma’lum bo‘ldi. Ayni vaqtda ijodkorlar serial syujeti ustida ishlashni boshlab yuborishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, serial ssenariysini tayyorlash vazifasi “Meni alda”, “Bo‘rilar tomonidan tarbiyalangan” va shu kabi ko‘plab loyihalar bilan ishlashda ulkan tajribaga ega bo‘lgan Shineyd Deyliga topshirilgan.
Ijodkorlar guruhi tarkibiga, shuningdek, “Sumerki” filmining ijrochi prodyuserlari – Vik Godfri, Erik Feyg kiritilgan. Yozuvchi Stefeni Mayerning o‘zi ham serialni suratga olish jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Sumerki” franshizasi o‘z vaqtida jahon kinoprokatidan 3,4 milliard dollar miqdorida daromad olgan edi.
Serial Meyer asarlarining remeyki bo‘ladimi yoki unda tomoshabinlarga butunlay yangi voqealar namoyish etiladimi – bunisi hozircha aniq emas
Tasodifiy xabarlar
“Boshqotirma-2” multfilmining treyleri Pixar rekordini qayd etdi (video)
"Exorcist" yangi dahshatli film rasmiy treyleri
Ra'no Shodiyeva Hindistonda " Eng yaxshi ayol obrazi" mukofotini oldi
Jonni Depp shaxsiy hayoti haqida serial treyleri namoyish qilindi
Kianu Rivz “Jon Uik” loyihasidagi eng qiyin sahnalar haqida gapirdi
"Modda" yangi qo'rqinchili film rasmiy treyleri