Buyuk Britaniyalik taniqli aktrisa Meggi Smit 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Meggi Smit - ingliz kinosining afsonasi. Uning zamonaviy tomoshabinlar uchun eng mashhur rollari professional karyerasining so'nggi qismida bo'lgan. Smit Garri Potter filmida professor Minerva Makgonagall va "Downtown Abbey" serialidagi grafinya Violet Krouli rollari ortidan dunyo bo'ylab millionlab muxlislarga ega bo'lgan.

Yaqinlarining so'zlariga ko'ra, aktrisa tabiatan yopiq inson bo'lgan va oxirgi kunlarida oilasi va yaqinlari davrasida vaqt o'tkazgan.
Tasodifiy xabarlar
"Flesh" rejissyori filmning muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi
Taxtlar oʻyini” prikvelini suratga olish ishlari toʻxtadi
Aktrisa Gal Gadotni "Forsaj 10" filmida ko'ramiz
"Minora" filmi haqidagi siz ma'lumotlar (Video)
Kemeron Diaz ishtirokidagi “Biznesga qaytish” jangari filmining rasmiy treyleri
"Persy Jekson va Olimpiadachilar" O'zbek tilida rasmiy treyler