“Wednesday” serialidagi Jenna Ortega tomonidan ijro etilgan Venzdey Addams 2022-yilning eng yaxshi serial qahramoni deb topildi. 2022-yil noyabr oyida debyut qilgan fantastik triller bosh qahramon tufayli striming tarixidagi eng mashhur shoularidan biriga aylandi.
Millionlab foydalanuvchilarga teleseriallarni kuzatib borish va har bir epizod efirga uzatilgandan so‘ng o‘zlarining sevimli qahramonlariga ovoz berish imkonini beruvchi mashhur TV Time ilovasi 2022-yilning eng yaxshi teledasturlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda tomoshabinlarning bergan ovozlarining natijasiga ko‘ra Venzdey Addams g‘olib deb topildi.
Avvalroq, “Wednesday” ingliz tilidagi seriallar orasida umumiy tomosha soatlari bo’yicha Netflix platformasida yangi rekord o’rnatganini ma’lum qilgan edik. Netflix hisob-kitoblariga ko‘ra, serial premyerasidan buyon jami 752 million soat tomosha qilingan. Keyinchalik serial ushbu rekordni birin ketin yangiladi. “Wednesday” 93 ta mamlakat hududida eng ommabop serial deb tan olindi.


Tasodifiy xabarlar
"Yashirin bosqin seriali o'zbekcha tahlili (Video)
"Barbi" " Super Mario" ni ortda qoldirib ajoyib natijaga erishdi
"Marvel" flmlari muhlislar mukofotiga sazovor bo'ldi!
Yangi “Formula 1” filmining rejissyori Jozef Kosinski suratga olish jarayonidagi eng xavfli va dahshatli lahzani yodga oldi.
Cheburashka filmi haqida siz bilmagan ma'lumotlar
"Qog'oz bino" serialining rasmiy o'yinidan yangi treyler