“Barbi” filmi premyera qilingandan keyin butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlarning va tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Qo‘g‘irchoqning g‘ayrioddiy sarguzashti haqida hikoya qilinadigan film AQSHda eng yuqori daromad to‘plagan loyihaga aylandi.
Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, Barbi AQSHda 574,2 million dollardan ortiq daromad to‘plab, “Super aka-uka Mariolar” filmini ortda qoldirdi.
Shu bilan birga, Margo Robbi va Rayan Gosling ishtirokidagi kinokartina bu miqdorni atigi 34 kunda, animatsion film esa 138 kun ichida ishlab topgan.
“Barbi” kinokartinasi qo‘g‘irchoq, uning sevgilisi Ken va ularning do‘stlarining sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Sujetga ko‘ra, Barbi Barbilenddan haydaladi va u yangi sarguzashtlarni boshdan kechirish uchun haqiqiy insonlar dunyosiga borishga majbur bo‘ladi. Film taqdim etilgandan ko‘p o‘tmay, dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi.
Loyiha taqdim etilgan deyarli barcha bozorlarda yetakchi hisoblanadi. Shuningdek, kinokartina Greyta Gervigni jahon prokatida 1 milliard dollar ishlab topgan ilk ayol rejissorga aylantirdi.


Tasodifiy xabarlar
"Burj Ritsarlari" yangi jangari fantastik film treyleri
Burak O‘zchivit 40 million dollarga baholangan o‘zbek tarixiy filmida suratga tushadi
"Arkeyn" — tarixdagi eng qimmat animatsion serialga aylandi
Kalmar o'yini seriali 2 mavsumi qaynoq rasmiy treyler
Jeki Chan kino olamidagi o'z ijodini shiddat bilan boshladi
"Avatar: Aang afsonasi" serialidan yangi rasmiy treyler