Aktyorlik sohasida tahsil olmagan mega yulduzlar haqida bilasizmi?

Bugun kino sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun, albatta, ushbu yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish shart emasligini o‘z misolida ko‘rsatib bergan aktyorlardan eng mashhurlari haqida sizlarga ma'lumot berib o'tamiz.

1) Kristian Beyl

 

Nega men bu ishni qilmayapman” — Kristian Beyl aynan shunday fikrlar bilan aktyorlik sohasiga kirib keldi. Aktyor o‘zini bu sohada sinab ko‘rmaslik uchun hech qanday sabab ko‘rmadi, shuning uchun bu qadamni tashlashga qaror qildi va 12 yoshida o‘zining birinchi filmi — “Mio, mening Miom” loyihasida rol ijro etdi. Kristian bu soha orqali pul ishlashni boshlaganida, to‘xtay olmasligini tushunib yetdi, chunki u oilasiga moddiy yordam berish imkoniyatiga ega edi.

Aktyor bir paytlar ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olish haqida o‘ylaganini, biroq hamkasblari unga bu narsasiz ham muvaffaqiyatga erishish mumkinligiga ishontirishgani haqida so‘zlab bergan.

2) Tom Kruz

 

Yoshligidanoq aktyor bo‘lishni orzu qilgan insonlar bor. Gollivud yulduzi Tom Kruzning rejalari esa umuman boshqacha bo‘lgan. U ruhoniy bo‘lishni xohlagan va shuning uchun 14 yoshida seminariyaga o‘qishga kirgan. Biroq aktyor Nyu-Yorkda bo‘lganida imkoniyatdan foydalanishga qaror qildi va uning xarizmasi e’tiborni jalb qilish uchun yetarli bo‘lishiga umid qilib, turli xil kastinglarga borishni boshladi.

U o‘zining birinchi katta rolini 19 yoshida, bosh qahramon rolini Bruk Shilds o‘ynagan “Tuganmas sevgi” dramasida ijro etdi. O‘sha paytdan boshlab Tom Kruz hech qanday aktyorlik darslariga qatnamadi, hatto bu sohada maxsus ma’lumotga ham ega bo‘lmadi. Ko‘p yillik tajriba unga ijodiy qobiliyatlarini kengaytirishga yordam berdi.

3) Jennifer Lourens

 

Jennifer Lourens 2013-yilda “Mening sevgilim aqldan ozgan” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan va zamonaviy kino olamida eng ko‘p talabga ega aktrisalardan biri hisoblanadi.

Ko‘pchilik uchun qadrli bo‘lgan haykalchani qo‘lga kiritgan aktrisa aktyorlik ma’lumotiga ega emas. Bundan tashqari, u 14 yoshida maktabdagi o‘qishini tashlab ketgani uchun o‘rta ma’lumotli ham bo‘la olmadi.

Lourensning so‘zlariga ko‘ra, u yoshligidayoq aktyorlik sohasi nafaqat uning kelajakdagi ishi, balki kasbi ekanligini ham his qilgan. Aktrisa ssenariyni o‘qib ko‘rib, u yoki bu qahramon rolini qanday ijro etish kerakligini ko‘ra olgan. Aktrisa kimningdir yordamiga muhtoj bo‘lmagan.

Biroq kichkina Jennifer uchun ota-onasini uni qo‘yib yuborishga va maktabdagi o‘qishini tashlashga ko‘ndirish oson emas edi. Ular hatto aktrisani aqldan ozgan deb o‘ylashdi. Aktrisa o‘z qaroridan hech qachon afsuslanmasligini aytgan.

4) Xoakin Feniks

 

Xoakin Feniks ijro etgan Joker rolini tomoshabinlar sevib qoldi va aktyor bu obrazi tufayli “Gladiator” filmida chiqqandan keyin ham ko‘proq muhokama qilina boshladi. Ko‘pchilik uchun Feniksning aktyorlik sohasida tahsil olmagani ajablanarli edi.

Xoakin 70–80-yillarda munozarali “Xudo farzandlari” diniy harakati aʼzolari bo‘lgan oilada o‘sgan. Uning ota-onasi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuradigan hipster turmush tarzini olib borgan. Xoakinning akasi River aktyor bo‘lishni istagan, biroq uning o‘zida bunday istak yo‘q edi. Bu aktyor akasi tufayli “Yetti aka-uka uchun yetti kelin” serialida epizodik rolini olganida sodir bo‘ldi. Keyinchalik Xoakin hayotini aktyorlik bilan bog‘lamoqchi ekanligini tushunib yetdi.

5) Sharliz Teron

 

Sharliz Teron voyaga yetgunga qadar ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. U Janubiy Afrikada, onasiga tez-tez qo‘l ko‘taradigan zolim otasining qo‘lida o‘sgan. Kunlarning birida uning onasi bunday munosabatga dosh bera olmasligini tushunib yetdi va o‘zini himoya qilish uchun uni otib qo‘yadi. Bu voqealar kichik Sharlizga ta’sir qildi, ammo u kuchli sha xs sifatida o‘sishga muvaffaq bo‘ldi. Aslida, uning Gollivudga borishi oson bo‘lmadi.

U dastlab AQSHga model sifatida ko‘chib o‘tgandan so‘ng, balerina bo‘lishni maqsad qilgan. Biroq uning bu orzusi amalga oshmadi va keyin hayot unga o‘zini ko‘rsatishi uchun yana bir imkoniyatni berdi. Shundan keyin u turli film, loyihalarning suratga olish jarayonlarida ishtirok etdi. 

6) Genri Kavill

 

Genri Kavill — Supermen va Vedmak kabi qahramonlarni gavdalantirgani bilan tanilgan mashhur aktyor. Kavillning rejasi aktyor bo‘lish emas, balki Qadimgi Misr tarixini o‘rganishni o‘z ichiga olganini kam inson biladi. Biroq bu bolalikdagi orzu bo‘lib qoldi, aktyor maktab teatri sahnasida o‘zini sinab ko‘rdi va uning o‘rni shu sohada ekanini tushunib yetdi. Genrining Rassel Krou bilan uchrashuvi uning bu yo‘nalishda ma’lumotga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, kino sanoatiga kirib kelishiga katta turtki bo‘ldi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u “Gladiator” filmida bosh rolni ijro etgan aktyor Krouning imzo chekkan suratini hech qachon yodidan chiqarmaydi.

Hurmatli Genri, ming chaqirimlik yo‘l zo‘rg‘a seziladigan qadamdan boshlanadi. Rassel”, — deb yozilgan edi surat ostiga.


Гость Aziz
Гость Aziz

Salom Bitta savolim Bor edi korea Seriallari Rampant bilan zom 100serialini tarjimasi ciqqanmi

Ramsey4_7
Ramsey4_7
Алишер Файзийев, Kecha, 18:06
Marvel kino kompaniyasi "Tor 5" filmi ustida ishlamoqdami?
Tor:Sevgi Momaqaldroq
Islomjon, 19 июня 2024 10:50
"Jodugar" seriali 3 mavsum, fasl uchun rasmiy treyleri
Jodugarlar jangi 3-fasl kere qachon chiqadi
cobra kai       ..., 19 июня 2024 10:16
"Kobra kai" seriali 6 fasl mavsum rasmiy treyleri
cobra kai juda menga yoqadi. Va karatega bo'gan qiziqishim oshdi hozir eng zor karatechiman.
Гость Siroj, 17 июня 2024 14:16
Aktyor Robert Pattinson ilk bor ota bo‘lishini ma'lum qildi
Yuq
Cobracai, 13 июня 2024 16:50
"Kobra kai" seriali 6 fasl mavsum rasmiy treyleri
6 qachon chiqadi