Lionsgate kinokompaniyasi taniqli qo‘shiqchi, prodyuser va xoreograf Maykl Jeksonning hayoti va ijodi haqida film suratga olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Filmga tomoshabinlarga “Buyuk ekvalayzer” va “Mashg‘ulot kuni” filmlari orqali tanilgan Antuan Fuku rejissyorlik qiladi.
Shuningdek, loyiha jamoasiga ssenariy muallifi Jon Logan va prodyuser Grem King ham taklif qilingan, ular ilgari Freddi Merkuri faoliyati haqidagi “Bogemiya rapsodiyasi” filmida ishtirok etgan. Aktyorlar tarkibi hali tasdiqlanmagan.
Ayni paytda film syujeti ustida ish olib borilmoqda. Biroq, ma’lumotlariga ko‘ra, film Maykl Jeksonning butun hayotini qamrab oladi.

Tasodifiy xabarlar
2024 - yilda "Netflix"da premyera qilinadigan kino va seriallar (Video)
"Loki" seriali 2 mavsumi fasli uchun yangi rasmiy tizer
Eng Qo'rqinchili ujas filmlar Top - 6 (Video)
Marvelda qanday yangilanishlar bo'ladi? "Dedpul 3" filmida bizni nimalar bizni kutmoqda? (Video)
2024 yilda namoyish qilinadigan eng mashhur top premyeralar
"Dyuna 2" filmining premyera qilinish sanasi o'zgartirildi