Gollivudning taniqli aktyori Richard Gir nafas yoʻllari infeksiyasi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 73 yoshli aktyor oilasi bilan birga Meksikada dam olayotgan boʻlgan. Ijodkorning oilasi u yerda Girning rafiqasi Aleksandro Silvaning 40 yoshini nishonlagan. Safardan oldin ham aktyorda yoʻtal boʻlgan, vaqt oʻtishi bilan kasallik alomatlari kuchayib ketgan.
Natijada, Gir shifoxonaga borishga majbur boʻlgan va u yerda ijodkorga pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Aktyor tunni shifokorlar nazorati ostida oʻtkazib, shundan keyin taʼtilni oilasi bilan davom ettirishga qaror qilgan. Shifokorlarning soʻzlariga qaraganda, hozir uning salomatligida hech qanday jiddiy muammo yoʻq.
Tasodifiy xabarlar
Rik va Morti: Anime serialidan ilk rasmiy treyler videosi
2024 yildagi Googledagi eng mashhur film va seriallar
"Oskar" ga nomzod bo'lgan 8 ta eng yaxshi filmlar
Germiona nega uzoq davom etadigan filmlarda suratga tushmaydi?
Netflix futbol haqida multfilm yaratdi!
Jeyms Kemeron "Terminator" davomini suratga olmoqchi