Obraz ishonarli chiqishi uchun ekranda xunuk ko‘rinishdan cho‘chimaydigan Gollivud aktrisalari (foto)
Mashhur aktrisalar qizil gilamda ko‘zni qamashtiradigan chiroyga ega bo‘lishadi, biroq ular filmlarda onasi tanimaydigan darajada o‘zgarishi mumkin. Ko‘pincha ular rol uchun makiyajdan voz kechishlari, soch turmaklarini o‘zgartirishlari yoki hatto tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartiradigan grimlarni qo‘llashi kerak. Quyida roli sabab tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartirgan Gollivud aktrisalari haqida ma’lumot beriladi.
1) Nikol Kidman
“Qasos” trillerida aktrisa partnyori uchun jinoiy to‘da a’zolaridan o‘ch olishga urinayotgan detektiv Erin Bell rolini o‘ynadi. Qahramonning qiyofasi filmning ma’yus muhitiga juda mos keladi. Filmda go‘zal Nikolning ko‘zlari ostida shishlar paydo bo‘lganini va yuz terisi nosog‘lom ko‘rinishda ekanini ko‘rish mumkin.
2) Margo Robbi
“Shotlandiya qirolichasi Mariya” tarixiy dramasini suratga olish paytida aktrisa yuziga murakkab grim qilinishiga rozi bo‘lgan. Ba’zi sahnalarda uning terisi bo‘r kabi oqartirilgan, boshqalarida chechakdan qolgan chandiqlar ko‘rsatilgan, ular qahramonning butun yuzini qoplab olgan, shuningdek yonoqlari va iyagida sezilarli darajada ko‘p bo‘lgan.
3) Sidney Suini
Yaqinda yoga bo‘yicha o‘qituvchining maxfiy hayotiga bag‘ishlangan “Realiti” dramasida aktrisa yorqin makiyajdan voz kechdi. Uning qahramoni doim sochlarini yig‘ishtirib yuradi va hattoki quloqlariga zirak ham taqmaydi.
4) Florens Pyu
“Yaxshi inson” filmida aktrisa aybdorlik hissi va tushkunlik bilan kurashayotgan qiz rolini o‘ynadi. Florens vaqt o‘tishi bilan o‘zini tiklash uchun harakat qilganda uning obrazi qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatib beradi. Aktrisa hatto uzun sochlaridan ham voz kechib, kadrda o‘z qo‘li bilan kesib tashlagan.
5) Rene Zellveger
Rene “Pem haqida” televizion mini-serialida ishlayotganda har safar o‘z obrazini o‘zgartirish uchun ko‘p vaqt sarflagan. Aktrisa vizual ravishda semizroq ko‘rinish uchun to‘qilgan kostyum kiyib, yonoqlariga yuzining to‘lacha ekanini ko‘rsatuvchi maxsus vositalardan foydalangan. Uning sochlari kadrda to‘zigandek ko‘rinishi kerak edi.
6) Helen Mirren
2023-yilda Berlin xalqaro kinofestivalida premyerasi bo‘lgan “Golda. Sud kuni” filmida aktrisa soch turmagini o‘zgartirib, yuzida grim yordamida ajinlar paydo qilinishiga rozi bo‘lgan.
7) Andrea Rayzboro
“Lesli uchun” dramasida Andrea yolg‘iz ona rolini ijro etdi, u giyohvandlikka va pulni o‘ylamasdan sarflashga moyil bo‘ladi. Aktrisa kadrda makiyajsiz, to‘zigan sochlari va shishgan yuzi bilan ko‘rinish bergan.
8) Xolli Berri
“Zarbalar” filmi Xolli Berrining rejissorlik debyuti. Shuningdek, u filmda bosh qahramon — sobiq MMA sportchisi Jeki Jastis rolini ijro etdi. Grimyorlar yomon odatlarga moyil charchagan ayol obrazini yaratishi va qahramonning yuzida ringda olgan jarohat alomatlarini ko‘rsatib berishi kerak edi.
9) Riki Lindxoum
“Katta portlash nazariyasi” va “Uenzdey” teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan aktrisa “Bo‘ri” qo‘rqinchli filmida kichik shaharchada bir qator jinoyatlarni tergov qiluvchi politsiyachi rolini o‘ynadi. Juliya Robsonning qiyofasini yaratish uchun u makiyajdan bosh tortdi va sochlarini oddiy qilib tugib qo‘ydi.
10) Lina Hidi
“Sudya Dredd 3D” ilmiy-fantastik filmida aktrisa asosiy antagonist rolini o‘ynadi. Uning qahramoni Madilen Madrigal “Ma-ma” laqabi bilan ham tanilgan, yuzi chandiqli ayol bo‘lgan va notekis kesilgan sochlari to‘zigan edi.
11) Natali Dormer
“Qo‘rqinchli ertaklar: Farishtalar shahri” fantastik serialini suratga olish jarayonida aktrisa har safar boshqacha grim qilishiga to‘g‘ri keldi. Gap shundaki, uning obrazi Magda ismli ayol turli ko‘rinishga ega bo‘la oladi. Obrazlardan birini yaratish uchun aktrisa yumaloq ko‘zoynak taqib, silliq jingalak parik kiygan va uning yuzida makiyaj bo‘lmagan.
Tasodifiy xabarlar
"Yigit so'zi" seriali 8 - qismi premyera sanasi kechiktirildimi?
"Transformerlar: Bir" animatsion filmidan katta hajmdagi rasmiy tizer-treyler
"Barbi" Margot Robbi ishtirokidagi film Treyleri!
"Gunohkorlar" yangi qo'rqinchili film rasmiy treyleri
Taxtlar oʻyini” prikvelini suratga olish ishlari toʻxtadi
Kosmosda olingan ilk film haqidagi yangiliklar