Yaponiyaning MAPPA studiyasi tomonidan efirga uzatilgan “Sehrli jang” (Jujutsu Kaisen) animesi Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.
Anime premyerasi 2020-yil 2-oktyabrda bo‘lib o‘tgan edi. Parrot Analytics tadqiqot kompaniyasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Sehrli jang” multfilmi 2023-yilda dunyodagi eng ko‘p tomosha qilingan animega aylandi.
Animening global reytingi mazkur toifa bo‘yicha 71,2 baravar yuqori talabga ega bo‘ldi. Avvalroq bunday rekordni “Titanlar hujumi” animesi o‘rnatgan edi.
Syujetga ko‘ra, sehrli kollej talabalari o‘z o‘qituvchilari bilan birgalikda Sukuna ismli iblis mavjudotni mag‘lub etishga harakat qiladi. “Sehrli jang” animesi ikki fasldan iborat. Shuningdek, serialning avvalgi voqealarni tushuntirib beruvchi animatsion badiiy film ham tomoshabinlarga taqdim etilgan.
O‘tgan yil dekabr oyida serialning uchinchi mavsumi chiqishi ma’lum bo‘ldi. IMDb reytingiga ko‘ra anime 10 balldan 8,6 ball to‘pladi, Kinopoiskda esa tomoshabinlar uni 8,2/10 ball bilan baholadi.


Tasodifiy xabarlar
"Uddalab bo'lmas topshiriq 8: Yakuniy hisob" O'zbek tilida rasmiy treyler
"Maymunlar sayyorasi:Qirollik" filmidan oxirgi rasmiy treyler
"Yengilmas" 2 - mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
"Yosh Sherlok" serialining yangi rasmiy treyleri namoyish qilindi
"Navalniy" hujjatli filmi "Oskar" mukofotini oldi
Hayvonlar shahri 3" multfilmi ustida ishlar boshlandimi?